"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisi uchun 200 million evro to'lashga tayyor

Mirjalol Normatov
27 dek 2025, 08:57
"Manchester Yunayted" "Real"ga Jud Bellingem bo'yicha 200 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

"Qizil iblislar" ushbu transferni 2026 yil yozidayoq amalga oshirishmoqchi. "OK Diario" ma'lumotiga ko'ra, futbolchining o'zi jamoasini almashtirish niyatida emas.

Yarim himoyachi 2023 yil yozida "Real"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 20 o'yinda qatnashib, 5 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2029 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OK Diario