"Manchester Yunayted" qishda "Yuventus" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
10 noya 2024, 15:15
"Manchester Yunayted" "Yuventus"ning 33 yoshli himoyachisi Daniloga qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim klub yaqin qishda braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashini xohlaydi. Qayd etilishicha, Daniloning o'zi Turin klubidan ketishga yaqin.

Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushdi. O'yinchining klub bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Juve Live