"Manchester Yunayted" Pogbani sotmaydi

Tolibjon Qosimov
29 dek 2018, 12:07
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogbani sotmaydi.

Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Qizil iblislar" ijrochi direktori Ed Vudvord Pogba jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanishiga ishonmoqda. Shu sabab MYU qishda ham, kelgusi yozda ham bu boradagi hamma takliflarni rad etadi. Oldinroq, "Yuventus" Pogbani xarid qilmoqchiligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Telegraph