"Manchester Yunayted" oxirgi 4 o'yindan 3 tasida mag'lub bo'ldi. Keyingi raqib - "Bavariya"

Omonjon To`xtamirzayev
18 sen 2023, 15:48
"Manchester Yunayted" og'ir davrni boshdan o'tkazmoqda.

Shanba kuni ten Xag shogirdlari "Old Trafford"da "Brayton"ga imkoniyatni boy berdi (1:3).

"Qizil iblislar" oxirgi 4 o'yindan 3 tasida mag'lubiyatga uchradi. Premer-Liga doirasida o'z uyida "Nottingem" ustidan qozonilgan irodali g'alaba bu oraliqda yagonaligicha qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, mankuanlarning navbatdagi o'yini YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian