"Manchester Yunayted" "Milan" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
11 iyul 2022, 12:32
"Manchester Yunayted" rahbarlari "Milan" himoyachisi Fikayo Tomorini jamoaga olib kelishmoqchi.

"Qizil-iblislar" 24 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rmoqchi, ammo o'yinchi vataniga qaytishga oshiqmayapti.

Tomoriga Milan jamoasi yoqadi va u o'zini maksimal darajada qulay his qilmoqda. Himoyachi bunga qadar APLda "Chelsi"da harakat qilgan.

Tomori o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato