"Manchester Yunayted" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan ikki futbolchisiz qoldi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2023, 12:05
Antoni Marsyal va Harri Maguayr navbatdagi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Hagning aytishicha, Antoni Marsyal va Harri Maguayr Angliya Premer-ligasi 17-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi, ammo Markus Reshford va Lyuk Shou bahsga tayyor.

"Antoni Marsyal va Harri Maguayr "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Yaxshi xabar shundaki, Markus Reshford va Lyuk Shou o'ynashga to'liq tayyor",  – dedi ten Hag.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" – "Liverpul" uchrashuvi 17 dekabr kuni 21:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano