"Manchester Yunayted" Lautaro uchun 50 million evro va bitta o'yinchisini berishga tayyor
Omonjon To`xtamirzayev
5 may 2023, 15:52
"Manchester Yunayted" yozda "Inter" forvardi Lautaro Martinesni o'z tarkibiga qo'shib olishni istamoqda.
Ushbu transfer uchun "iblislar" 50 million evro va Antoni Marsyalni berishga tayyorlar. Katta ehtimol, Italiya klubi summani oshirishni so'raydi. MYU argentinalik yordamida Markus Reshfordga hujumda tandem hosil qilish uchun sherikni topmoqchi.