"Manchester Yunayted" Fabino uchun 50 mln. evro to'lashi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2017, 15:18
"Monako" himoyachisi Fabino "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.

Mankunianlar ushbu transfer uchun  50 mln. evro to'lashi mumkin.

Fabinoning o'zi "Manchester Yunayted" rasmiy taklif bilan chiqsa, u inliz klubiga o'tishni o'ylab ko'rishi mumkinligini aytdi. Oldinroq "Monako" himoyachisiga PSJ va "Atletiko" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingandi.

23 yoshli futbolchi so'nggi mavsum Fransiya chempionatining 37 ta uchrashuvida 9 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com