
Uchrashuv "Qizil iblislar"ning ustunligida o'tdi. Ilk daqiqalardan hujumga otlangan Markus Rashford 3-daqiqadayoq o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bahsning 20-daqiqasida yana o'sha Rashford gol urib, dubl qayd etdi.

"Los-Anjeles Gelaksi" - "Manchester Yunayted" 2:5
Gollar: Jovanni dos Santos 80, 88 - Markus Rashford 3, 20, Maruan Fellayni 26, Genrix Mxitaryan 67, Antoni Marsyal 72.
"Manchester Yunayted": De Xea (J. Pereyra, 46) - Valensiya (Darmian, 46), Smolling, (Bayi, 46) Jons (Lindelef, 46), Blind (Fosu-Mensa, 46; Mitchell, 85) - Fellayni (Pogba, 46), Kerrik (Tuanzebe, 46), Errera (A. Pereyra, 46), Mata (Mxitaryan, 46), Lingard (Marsyal, 46) - Reshford (Lukaku, 46).

"Manchester Yunayted" va "Los-Anjeles Gelaksi" sobiq futbolchisi Devid Bekxem uchrashuvni stadiondan tomosha qildi.

"Qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo "Chelsi"da birga ishlagan Eshli Koulni ko'rganidan mamnun bo'ldi

Xalqaro Chempionlar Kubogining ilk uchrashuvi o'z bag'riga 25 ming muxlisni sig'dira oladigan "The StubHub Center" stadionida bo'lib o'tdi
TAS-IX
http://mytube.uz/tracks/555553.htm
TAS-IX emas