"Manchester Siti" Uoker va Silva bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2023, 16:15
"Manchester Siti" futbolchilari Kayl Uoker va Bernardu Silva klub bilan shartnomalarini yangilaydi, deb xabar berdi ESPN.

Manbaning xabariga ko'ra, ikki futbolchining ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga qaramay, ular klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Uoker 2017 yildan beri "shaharliklar" bilan birga. U joriy mavsum "Manchester Siti" safida 2 ta o'yinda maydonga tushib, gol urolmadi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

Silva 2023/24 yilgi mavsum 2 ta o'yin o'tkazdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Futbolchining amaldagi bitimi 2025 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN