"Manchester Siti" Samir Xandanovichni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 12:11
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Inter" darvozaboni Samir Xandanovichga ko'z tikmoqda.
29 yoshli sloveniyalik futbolchi uchun "shaharliklar" 20 million funt berishmoqchi. Gap shundaki "Inter" evrokuboklarda ishtirok eta olmayapti, shu bois "Siti" Samirni Chempionlar ligasining bahorgi qismiga ro'yxatdan o'tkazish mumkin.

Shu tariqa Angliya klubi xatolari tufayli asosiy tarkibdan chiqib qolgan Jo Xartni o'rnini to'ldirmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru