"Manchester Siti" kuchli beshlik ligalaridagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda
Mirjalol Normatov
27 dek 2020, 10:19
"Manchester Siti" APLning 15-turida o'z maydonida "Nyukasl"ni mag'lub etdi.
"Shaharliklar" kecha ushbu mavsumda barcha turnirlardagi 13-quruq o'yinini o'tkazdi. Shu orqali ular kuchli beshlik ligalarida bu boradagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
"Siti" navbatdagi turni 28 dekabr kuni "Everton"ga qarshi bahs olib boradi.