

"Shaharliklar" chorak finalda "Bavariya"ni mag'lub etishdi. Endi jamoa final yo'llanmasi uchun "Real"ga qarshi o'ynaydi.
"Manchester Siti" ketma-ket uchinchi marta YCHL yarim finaliga chiqdi. O'tgan mavsumda jamoa aynan "Real"ga yarim finalda yutqazgandi.
Undan oldingi mavsumda esa finalda "Chelsi"ga imkoniyat bor berilgan. Shuningdek, 2015/16 yilgi yarim finalda ham "Real"ga yutqazgan.
Qayd etish lozimki, jamoa murabbiy Pep Gvardiola qo'l ostida ketma-ket uch marta yarim finalgacha yetib keldi.



