"Manchester Siti" futbolchilari stadion tunnelida Messini haqorat qilishdi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2016, 10:36
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidan (1:3) so'ng raqib futbolchilari tomonidan haqorat qilindi.

Messi "Etixad" stadionining tunnelida kiyinish xonasi tomon ketayotganida bu vaziyat yuz berdi. Argentinalik futbolchi haqorat qilganlarning birini ahmoq deb atadi. Voqea Serxio Aguero aralashuvidan so'ng davom etmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca