"Manchester Siti" Chempionshipga tushirib yuborilsa, Pep jamoada qoladimi? Uning o'zi javob berdi

Mirjalol Normatov
23 noya 2024, 01:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola agarda klubni Chempionshipga tushirib yuborishsa ham jamoada qolishini aytdi.

2023 yilning fevralida APL "Manchester Siti"ni 2009-2018 yillar davomida moliyaviy feyr-pleyning qoidalarini 115 marta buzganlikda ayblagandi. Bu boradagi yakuniy qaror sentyabr oyida chiqarilishi kerak edi, biroq bu kelasi yilning bahoriga qoldirildi.

"Bu gaplarimni 6 oy oldin ham aytganman. Agarda bizni quyi ligaga tushirib yuborishsa ham shu yerda qolaman va tezda APLga qaytishni istayman. O'shanda ham shu fikrimda bo'lganman va gaplarimdan qaytmayman", - dedi Gvardiola.

Oldinroq Gvardiola klub bilan shartnomasini 1+1 ko'rinishida uzaytirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC