"Manchester Siti" APLning eng qimmat klubiga aylandi

Aslanov Jasurbek
3 may 2019
Liverpul universiteti o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, "Manchester Siti" "Manchester Yunayted"dan o'tib ketdi va Angliya Premer-ligasining eng qimmat klubi deb e'lon qilindi.

"Manchester Siti"ning narxi o'tgan mavsumda 385 mln. funtga o'sdi va hozirda 2,364 mlrd. funtni tashkil qiladi. "Manchester Yunayted" esa 2,087 mlrd.ga baholanmoqda.

APLning 2017/18 mavsumdagi barcha klublarining narxi 14,7 mlrd. funtni tashkil qildi. Bu bir yil avvalgidan 1,6%ga kam.

"Tottenxem" - 1,8837 mlrd. funt

"Liverpul" va "Chelsi" - 1,615 mlrd. funt

"Arsenal" - 1,368 mlrd.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC