Manchester Siti 19 yoshli vingerga 90 million evro to'lashga tayyor

Khoja
19 mar 2025, 10:24
Manchester Siti yozda tarkibni yoshlar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

Shaharliklar PSJning 19 yoshli vingeri Dezire Duega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular yarim himoyachi uchun 90 million evro to'lashga tayyor. Biroq PSJ yosh futbolchisi bilan xayrlashishni istamayapti.

Ma'lumot uchun, PSJ Dezire Dueni o'tgan yozda Renndan 50 million evroga sotib olgan. Futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sport-express.ru