"Manchester Siti" 15 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aziz Tukhtamuradov
20 apr 2023, 09:12
"Manchester Siti"ning 10 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi.

Pep Gvardiola jamoasi YCHL chorak final javob o'yini doirasida "Bavariya" bilan safarda (1:1) hisobida durang o'ynadi. 

"Shaharliklar" so'nggi marotaba 22 fevral kuni YCHL 1/8 finalida "Leyptsig"ni yuta olishmagandi (1:1). 

O'z navbatida, jamoaning mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 15 taga etdi. Jamoa "Tottenxem"dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng 12 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etdi. 

Endi "Siti" navbatdagi o'yinini 22 aprel kuni Angliya kubogi doirasida "Sheffild Yunayted"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta