Manchester jamoalari bir futbolchi uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
22 apr 2018, 12:43
"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari "Napoli" yarim himoyachisi Jorjinoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, ikki klub ham futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ular futbolchi uchun 40 mln evro to'lashga tayyorlar.

Oldinroq futbolchi "Liverpul"ning ham nazarida bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

Bu mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 34 uchrashuvda qatnashib, 4 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribal Football