Manba: "Paxtakor" ertaga Moskva klubi futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2023, 18:50
Poytaxt klubi o'z safiga kimni qo'shib olyapti?

Birinchi davrada tarkib bilan bog'liq muammolarga duch kelgan "Paxtakor" ertaga bir nafar futbolchi bilan shartnoma imzolaydi.  

Gap "sherlar" sobiq futbolchisi Hojimat Erkinov haqida ketmoqda. Klub uni "Torpedo"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. O'zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi "Navbahor" taklifiga rad javobini berdi, "Dinamo" (Minsk) jamoasiga esa o'tishni istamadi. Hojimat Erkinov "Paxtakor"ga ichki chempionat va OCHL bahslarida yordam beradi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia