Manba: Mbappe 30 yanvarda "Real" bilan shartnoma imzolagan

Alisher
13 mar 2022, 17:38
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real" bilan shartnoma imzolab bo'lgan.

Bu haqda jurnalist Ramon Alvares xabar bermoqda.

Yozda erkin agentga aylanadigan 23 yoshli hujumchi "Real" bilan 23 yanvardayoq shartnoma imzolagan.

Shartnoma imzolashda o'yinchi tomonidan yurist ishtirok etgan, "Real" tomonidan esa bosh direktor Xose Sanches va klubning iqtisodiy masalalar bo'yicha vice-prezidenti Pedro Ximenes qatnashgan.

Mbappe bilan shartnoma imzolanganini e'lon qilish "Real"ga bog'liq. Futbolchi bu mavsum so'nggida ro'y berishini xohlardi.

Hujumchining "Real"dan 60-80 million evro miqdorida bonus olishi kutilmoqda. Mbappening maoshi esa yiliga 25 million evroni tashkil etadi.

Futbolchi joriy mavsum PSJ tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca