

"Barselona" hozirda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmayapti. Bu haqda jurnalist Jerar Romero xabar berdi.
Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaslik klubning moliyaviy muammolari bilan bog'liq. Kataloniyaliklar maosh jamg'armasi bo'yicha maksimal darajaga yetib borishgan va futbolchilarni sotib olishga mablag'lari yo'q. Shu munosabat bilan "ko'k-anorranglilar" erkin agentlarga e'tibor qaratishadi.
O'yinchilarni sotish muammoning ma'lum qismini hal qilishga yordam beradi. Avvalroq kataloniyaliklar shu haftada 4 nafar futbolchisini sotishi kerakligi haqida xabar berilgan edi.



