Ma'lumot uchun: Argentina 12 yil deganda birinchi marta o'yinning asosiy vaqtida yutqazdi

Xayrulla Xoliqov
16 iyun 2019, 07:07
Braziliyada bo'lib o'tayotgan Kopa Amerika-2019 musobaqasining ilk turida Argentina terma jamoasi imkoniyatni boy berdi.

Kolumbiyaga qarshi kechgan bahsda argentinaliklar 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Shu tariqa Argentina 12 yil deganda Kopa Amerika bahslarining asosiy vaqtida mag'lub bo'ldi. Bungacha bu jamoa 2007 yilgi musobaqa finalida Braziliyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia