Madrid sudi Superliga bo'yicha qaror qabul qildi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2021, 19:28
Ushbu qarorga rioya qilinmagan taqdirda javobgarlikka tortish chorasi qo'llaniladi.

Madrid tijorat sudi UEFAning Yevropa Superligasi asoschilarini o'z musobaqalaridan chetlatishga haqli emasligi to'g'risida qaror chiqardi.

Qonun chiqaruvchi hakam Manuel Ruis de Lara UEFA ushbu qarorga rioya qilmagan taqdirda bo'ysunmaganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini ta'kidladi.

Shuningdek, sud "Real", "Yuventus" va "Barselona"ga qarshi barcha intizomiy choralarni, shu jumladan, Yevropa musobaqalaridan tushgan mablag'larning 5 foizidan voz kechish va 15 million evro miqdoridagi xayriya mablag'i o'tkazish kabi sankciyalarni ham bekor qilishni buyurdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan oyda "Real", "Barselona" va "Yuventus"ning Chempionlar Ligasidan chetlashtirilmasligi tasdiq topgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Confidencial