Madrid klublari MYU xavbeki uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
3 okt 2025, 09:39
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu "Atletiko" e'tiboriga tushdi.

"Daily Mail" ma'lumotiga ko'ra, ayni damda "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisiga "Real" va "Napoli" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda. "Real" yozda futbolchini ijaraga olishga harakat ham qilib ko'rgandi. "Qirollik klubi" hali hamon Maynu uchun kurashdan chiqmagan.

Qayd etilishicha, Maynuning agenti "Atletiko"ning bir qancha futbolchilari bilan ishlaydi. Ushbu faktor Maynuning "Atletiko"ga o'tishiga sabab bo'lishi mumkin.

Kobbi ushbu mavsumda MYU tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 1ta golga assist bo'ldi. Uning klub bilan kelishuvi 2027 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail