Lukaku va Verner "Malmyo"ga qarshi birinchi bo'limda jarohat oldi. Ikkisi ham almashtirildi

Alisher
21 okt 2021, 10:15
"Chelsi" hujumchilari Romelu Lukaku va Timo Verner "Malmyo" (4:0)ga qarshi o'yinni oxirigacha etkaza olishmadi.

Belgiyalik futbolchi birinchi bo'limda jarima maydonchasi ichida Lasse Nilsen bilan to'p uchun kurashda jarohat oldi.

"Malmyo" himoyachisi qoidani buzdi va hakam Fransua Letekse penalti belgiladi va uni Jorjino ijro etdi. Lukakuning o'rnini 23-daqiqada Kay Xaverc egalladi.

Verner birinchi bo'lim so'nggida jarohat oldi. Uni Kallum Xadson-Odoi almashtirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia