Lukaku APLga qaytmoqchi emas

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 15:56
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Italiyadagi faoliyatidan mamnun.

26 yoshli futbolchi kelajakda APLga qaytish niyati yo'qligini aytdi. Qayd etish kerak, Romelu ushbu ligada 8 yil davomida "Chelsi", "Vest Bromvich", "Everton" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar tarkibida o'ynadi. 2019 yilning avgust oyidan buyon u "Inter" tarkibida o'ynamoqda.

"APLga qaytish? Yo'q. Biroq menga "Everton"dagi faoliyatim juda ham yoqqan", - dedi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal