Luisma Ernandes: "Bu mag'lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi"

Оқил Абдубарноев
7 okt 2022, 21:18
Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hafta davomida qattiq mehnat qildik. Ammo, shuncha harakat qilishimizga qaramasdan bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Vaziyatlar yaratdik, faqat ularning bittasidan foydalana oldik. "Bunyodkor" esa o'z vaziyatlarining ikkitasini golga aylantira oldi va yakunda g'alabaga erishdi. Mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugungi o'yin asosan Bektemir Abdumannonov orqali tashkil etildi. Bu aynan "Bunyodkor" uchun tanlangan uslubmidi?

- Albatta Bektemir o'yindan-o'yinga o'z mahoratini oshirib borayapti. Shu sababdan biz uning qanotidan hujumlar tashkil etdik. Ammo, u o'z imkoniyatlarini golga aylantira olmadi. Bu xolatdan biz tushkunlikka tushmaymiz. Navbatdagi o'yinlarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik qilamiz.

- Jamoa yetakchilari Zabihillo O'rinboev va Damir Temirovlar bugun o'ynamadi. Ularni navbatdagi uchrashuvlarda maydonda ko'ramizmi?

- Zabihillo sariq kartochkalar sabab bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Damir Temirov tiklanish jarayonida. Uning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamayapmiz. U jamoamizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri. Qachon tayyor bo'lsa maydonga tushiramiz.

Bu futbol, mehnatimizga qaramasdan mag'lub bo'ldik. Aytib o'tganimdek, bu mag'lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi. Aksincha navbatdagi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib g'alabalarga erishishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia