“Barselona”ning urugvaylik hujumchisi La Liganing 1-turida jarohat oldi.
Suares “Atletik”ka qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohat oldi. Shifokorlar futbolchiga yordam ko'rsatishiga qaramay, u o'z o'rnini Rafinyaga bo'shatib berishga majbur bo'ldi.
Hozircha futbolchining jarohati haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.