Luis Suares “Atletiko”da Falkaoning rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2020, 09:54
“Atletiko” La Liga 16-turida “Xetafe”ni 1:0 hisobida engdi.

Yagona golni “matraschilar” hujumchisi Luis Suares urdi. Luis “Atletiko” safida La Ligadagi dastlabki 11 ta o'yinida 8 ta gol urdi. Bu “Atletiko”ning 21-asrdagi yangi o'yinchilari orasidagi rekordning takrorlanishidir. 2011 yilda Radamel Falkao ham “Atletiko”dagi faoliyatini xuddi shunday natijalar bilan boshlagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta