Luis Enrike: “Rodri Buskets darajasiga chiqishi va hatto undan o'zib ketishi mumkin”

5 okt 2018, 07:55
Ispaniya terma jamoasi ustozi “Atletiko Madrid” futbolchisi Rodri Ernandesni “Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets bilan taqqosladi.

“Men ularning o'xshashligi haqida allaqachon gapirganman. Bir o'yinchiga ko'plab maqtovlar yog'dirish yaxshi emas, ha u yana juda ham yosh hali. Ammo Rodri o'zini professionallardek tutmoqda. U ruhan tayyor. Rodri Buskets darajasiga yetishi va hatto undan o'tib ketishi mumkin. Uning imkoniyatlari chegarasini kim biladi?”,-deydi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com