

Ma'lum qilinishicha, tomonlar shartnomaning barcha masalalari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan.
Nashrning yozishicha, tez orada Parij klubi ispaniyalik mutaxassisni tanishtiradi.
Enrikening so'nggi ish joyi Ispaniya terma jamoasi edi. Bungacha 52 yoshli mutaxassis "Barselona", "Selta" va "Roma" klublarini boshqargan.
O'tgan mavsum PSJ 85 ochko bilan Fransiya chempionatini 1-o'rinda yakunladi. Qolaversa, Galte boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qadar yetib bordi va "Bavariya"ga imkoniyatni boy berdi (0:1; 0:2).



