

“O'ylaymanki, ertangi bahsda “Yuventus”ga gol urish uchun imkoniyat bo'ladi, shu sabab bizning maqsad beshta gol kiritish. Agar birinchi tezkor golni kiritsak, uyog'iga “Kamp Nou”dagi muhit ikkinchi golni kiritishimizga ko'maklashadi va o'z-o'zidan uchinchi gol ham kiritiladi.
Ayni paytda bizni yo'qotadigan hech narsamiz yo'q. Yagona variant, hujum, hujum va yana hujum.Shu o'rinda muxlislarga murojaat qilmoqchiman: uchrashuvning 80-daqiqasida stadionni tark etishga shoshilmang. Chunki siz aniq o'ta muhim hodisaga, tarixiy voqelikka guvoh bo'lishingiz mumkin”, deydi “Barsa” ustozi.



