Losano uchun kurashda “Napoli”ga raqobatchi paydo bo'ldi

2 iyul 2019, 08:35
PSV vingeri Irving Losano tez orada klubni tark etadi.

Losano uchun asosiy da'vogar hozirgacha “Napoli” bo'lib turgandi. Ammo endilikda unga “Valensiya” ham qiziqib qoldi. “Ko'rshapalaklar” Losanoni sotib olishga tayyor. Hatto klub futbolchining agenti Mino Rayolaga keyingi sotuvlaridan tushadigan 30 foiz ulushni ham berishi mumkinligi aytilmoqda. 

Avvalroq Losanoning “Manchester Yunayted”ga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Dimarzio.com