Lopetegi sud orqali "Real"dan 28 mln. evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019, 14:10
"Real" sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shartnoma bekor qilingani uchun "qaymoqranglilar"dan tovon puli undirib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis sobiq klubi bilan sudlashmoqda. Lopetegi "Real"dan shartnoma bekor qilingani uchun 28 mln. evro - uch yillik maoshini talab qilmoqda.

"Real" 2018 yilning oktyabrida mutaxassis bilan kelishuvni bekor qilgan edi. Mutaxassis Madrid klubida bor-yo'g'i 4 oy ishladi. Jamoa uning qo'l ostida 17 yil ichida ilk marta LaLiga turnir jadvalida sakkizinchi o'rindan pastga tushdi va "Real"dagi so'nggi o'yinida "Barselona"ga 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS