"Lokomotiv"ga kelayotgan avstraliyalik futbolchining kimligi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
18 yanv 2017, 18:12
Kecha O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" safiga avstraliyalik futbolchi kelib qo'shilishi haqida xabar bergandik.


Ma'lum bo'lishicha, ushbu futbolchining ismi Srechko Mitrovich. 1984 yilning 17 fevralida tug'ilgan futbolchining asli kelib chiqishi Serbiyadan bo'lib, u Avstraliya fuqarosi hisoblanadi. Yarim himoyachi poziciyasida to'p tepadi.

Faoliyatini 2003 yilda Italiyaning "Askoli" jamoasida boshlagan futbolchining so'nggi jamoasi Malayziyaning "Sabah" klubi hisoblanadi. Faoliyati davomida Ruminiya, Indoneziya va Avstraliya klublarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yyelichich Serbiyada tavallud topgan Avstraliya fuqarosi hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia