"Lokomotiv"ga chernogoriyalik futbolchi kelishi mumkin
Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 14:37
Toshkentning "Lokomotiv" klubi safiga chernogoriyalik Damir Koyashevich kelib qo'shilishi mumkin.
Yarim himoyachi 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog'istonning "Astana" klubida to'p tepgan. U o'tgan mavsumda poytaxt klubi safida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urgan.