"Lokomotiv" safida "Zenit" bilan o'yinda avstraliyalik futbolchi maydonga tushadi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2017, 17:37
"Lokomotiv" safiga avstraliyalik futbolchi kelib qo'shilishi haqida xabar bergandik.

1984 yilning 17 fevralida tug'ilgan asli kelib chiqishi serbiyalik Avstraliya fuqarosi hisoblangan Srechko Mitrovich bugun "Zenit" bilan o'yin asosiy tarkibiga kiritilgan.

Bu futbolchi faoliyatini 2003 yilda Italiyaning "Askoli" jamoasida boshlagan futbolchining so'nggi jamoasi Malayziyaning "Sabah" klubi hisoblanadi. Faoliyati davomida Ruminiya, Indoneziya va Avstraliya klublarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" murabbiyi Mirko Yyelichich Serbiyada tavallud topgan Avstraliya fuqarosi hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia