"Lokomotiv" o'z maydonida "Nasaf"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2013
Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv Toshkentda "Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasida bo'lib o'tdi.
Ushbu sahifa orqali o'yinning asosiy vaziyatlari va hisobini kuzatib borish mumkin bo'ldi. O'yin prevyusi saytimizda e'lon qilingandi.

4-daqiqada bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Akmal Xolmatovning tepgan to'pini Eldorbek Suyunov qaytardi. Ushbu vaziyatdan so'ng mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi, Ilhom Shomurodovning zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq. To'p asosan maydon markazida, jamoalar hujum tashkil etishga urinishmoqda, biroq samarasiz. Dastlabki yarim soatda hisob ochilgani yo'q. Laziz Ubaydullaevning jarima zarbasidan yo'llagan to'pini Temur G'aniev qaytardi. Oradan biroz o'tib Karpenkoning kuchli va aniq zarbasi yo'liga Eldor Suyunov to'g'anoq bo'ldi. 41-daqiqada Akmal Xolmatovning yo'llagan to'pini yana Suyunov qaytardi. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. Qo'shib berilgan daqiqada Azamat Allaniyozov va Maqsud Karimov qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Dastlabki bo'limda hisob ochilmadi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 53-daqiqada mezbonlar jarima to'piga ega bo'lishdi, Xolmatov tomonidan jarima maydoni ichiga oshirib berilgan to'pni Aleksandr Shadrid darvozaga yo'llashga urindi, ammo hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Maydon egalari bosh murabbiyi uch daqiqa ichida ikki o'zgarishni amalga oshirib Jasur Hasanov va Ivan Nagaevni o'yinga "tashladi".

61-daqiqada hisob ochildi. Burchak to'pidan so'ng Evgeniy Gogol boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:0. 72-daqiqada Sadriddin Abdullaevning o'ta kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Stadionning 7-sektorida joylashishgan muxlislar o'rindiqlarni maydonga otishlari kuzatildi. 78-daqiqada Aleksandr Shadrin uch nafar raqibni aldab o'tib darvozaga yo'lladi, ammo juda va juda qulay vaziyatdan hujumchi foydalana olmadi.

84-daqiqada Ivan Nagaevning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza to'ridan o'rin oldi - 2:0. O'yinga qo'shib berilgan 3 daqiqada hisob o'zgarmadi va "Lokomotiv" muhim o'yinda uch ochko egasiga aylandi.
 

13 sentyabr, juma
Lokomotiv (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 2:0 (0:0)
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Gollar: Evgeniy Gogol 61, - 1:0 (pas Viktor Karpenko). Ivan Nagaev 84, - 2:0.
Amalga oshirilmagan penalti: Akmal Xolmatov (darvozabon) 4.
Lokomotiv: Temur G'aniev, Islom To'xtaxo'jaev, Evgeniy Gogol, Islom Inomov (Ilhom Suyunov, 15), Aleksandru Onika (Ivan Nagaev, 57), Dilshod Jabborov, Salim Mustafoev, Viktor Karpenko, Sadriddin Abdullaev, Akmal Xolmatov (Jasur Hasanov, 54), Aleksandr Shadrin.
Zaxira: Artur Parvanov, Dilshod Raxmatullaev, Sobir Usmonxo'jaev, Quvondiq Ro'ziev.
Nasaf: Eldorbek Suyunov, Maqsud Karimov, Botir Qoraev, Ilhom Shomurodov (Suxrob Ne'matov, 58), Laziz Ubaydullaev, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Hamza Karimov (Sherzod A'zamov, 81), Farrux Sayfiev (Ulug'bek Dadaboev, 88), Azamat Allaniyozov.
Zaxira: Mixail Naumov, Raxmatullo Berdimurodov, Zohid Abdullaev, Samandar Shodmonov.
Ogohlantirish: Temur G'aniev 66,
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia