“Lokomotiv” o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazdi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
25 okt 2015, 19:56
Bugun tushdan keyin Navoiy shahriga yetib kelgan “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari ertaga o'yin bo'lib o'tadigan stadionda mashg'ulot o'tkazishdi.

Shuni aytish lozim, oliy liga uchrashuvi bo'ladigan “So'g'diyona” o'yingohining maydon holati umuman yaxshi emas. Shu bois mashg'ulotga chiqqandan so'ng futbolchilarimizning kayfiyati tushib ketdi.

Lekin shunga qaramay, bir soatdan sal ziyodroq davom etgan mashg'ulotda barcha astoydil ter to'kib harakat qildi. Jamoamiz a'zolari ertangi o'yinda faqat g'alabani ko'zlamoqda. “Temiryo'lchilar”ning maqsadi Toshkentga Navoiydan uch ochko bilan qaytishdir. Eslatib o'tamiz, ertaga o'tkaziladigan “Qizilqum” – “Lokomotiv” bahsi soat 17:00da start oladi. Quyida bugungi mashg'ulotdan fotosuratlarni keltirib o'tamiz.



IMG_1448

 IMG_1471

 IMG_1498

 IMG_1521

 IMG_1554

 IMG_1568

 IMG_1574

 IMG_1609

 IMG_1622

 IMG_1651

 IMG_1697

 IMG_1716

 IMG_1733

 IMG_1750

 IMG_1779

 IMG_1786

 IMG_1797

 IMG_1806

 IMG_1885

 IMG_1894

 IMG_1900

 IMG_1916


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz