"Lokomotiv" navbatdagi uchrashuvini 20 iyun kuni o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2015, 13:20
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan bahsda "Lokomotiv" safarda "Sho'rtan"ga qarshi maydonga tushadi.
19 iyun kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuv bir kun keyinga surildi. Shunday qilib "Sho'rtan" - "Lokomotiv" bahsi 20 iyun kuni o'tkaziladi.

Bunga sabab ayni paytda "Lokomotiv"dan etti nafar futbolchining O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgani bo'ldi. Hozirda "temiryo'lchilar"dan Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov, Lutfulla To'raev, Islom To'xtaxo'jaev, Ikrom Aliboev, Jasur Hasanov va Sanjar Shoahmedov terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia