“Lokomotiv” futbolchilari qisqa muddatli tatilga chiqishdi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2016, 16:47
Oliy ligada 28-tur uchrashuvlari yakunlangach milliy terma jamoalar o'yinlari sabab ichki chempionatimizda qisqa muddatli tannaffus e'lon qilinadi.

Shu boisdan bugundan “Lokomotiv” jamoasi a'zolariga ham 4 kunlik tatil e'lon qilindi.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” jamoasi so'nggi 3 hafta mobaynida chempionat va kubok o'yinlari doirasida 6 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularning 5 tasida g'alaba qozongan “Temiryo'lchilar” faqat bir marta mag'lubiyat alamini tortishga majbur bo'lishdi. 28-tur doirasida o'tgan “Qizilqum” bilan o'yinda ham “Loko” futbolchilari zafar quchishga muvaffaq bo'lishdi.

Shu tariqa, futbolchilar 8 noyabrga qadar hordiq chiqarish imkoniga ega bo'lishadi. Terma jamoa yig'iniga chaqiruv olgan yana 4 nafar o'yinchi esa bugundan bosh jamoamiz ixtiyoriga borib qo'shilishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz