“Lokomotiv” Ben Amora uchun “Al-Ahli” bilan kurashga kirishdi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2018, 10:07
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi Tunisning “Etual dyu Saxel” jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Amin Ben Amorani ijaraga olmoqchi.

Bu futbolchiga so'nggi paytlarda Moskvaning “Lokomotiv” klubi ham qiziqish bildirayotgandi. Saudiyaliklar 25 yoshli Ben Amoraning ijarasi uchun 500 000 evro taklif qilishdi.

Moskva “temiryo'lchilari” esa xavbekning transferi uchun 2,2 mln evrodan voz kechishga tayyor turishgandi. O'shanda “Etual dyu Saxel” o'z futbolchisini 2,5 mln evrodan kamiga qo'yib yubormasligini aytgandi. 

Ma'lumot uchun, Ben Amor Tunis terma jamoasi tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushgan. Lekin bu yil hisobidan barcha turnirlarda o'tkazilgan jami 9ta uchrashuvda u hali raqib darvozasini ishg'ol qila olgani yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif