“Lokomotiv” a'zolari onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan tabriklashdi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 09:45
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 67 yildan buyon yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kuni nishonlab kelinadi.

Jumladan, bolajon o'zbek xalqi ham ushbu bayramni juda ko'tarinki ruhda o'tkazib keladi.

“Lokomotiv” PFK ham ushbu kunda yana bir hayriya ishiga qo'l urdi. Bugun jamoamiz a'zolari Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar bo'limida bo'lishdi va u yerda davolanayotgan bolalarni bayram bilan qutlashdi. Taniqli futbolchilarning bolajonlarni tabriklash uchun sovg'a-salomlar olib borgani butun onkologiya  ilmiy markazi jamoasini hamda bolalarning ota-onalarini ham juda quvontirib yubordi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan ushbu tashrif davomida “Lokomotiv” a'zolari bolajonlarga sovg'alar ulashishdi, ularni bayram bilan qutlab, tezda shifo topishlariga tilak bildirishdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz