

“Liverpul” klubni “Valensiya”dan Ferran Torresni olib kelishni rejalashtirmoqda. “Ko'rshapalaklar” Torres uchun 100 mln evro so'ramoqda. Uning klub bilan shartnomasida aynan ushbu mablag' tovon puli sifatida ko'rsatilgan. Futbolchiga ayni chog'da “Real”, “Borussiya D” hamda PSJ klublari da'vogarlik qilmoqda.
Torres joriy mavsum La Liganing 25 ta bellashuvida qatnashib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.



