"Liverpul"ga qarshi bahs paytida "Barselona" futbolchisi uyini tunab ketishdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2019, 14:41
"Barselona" yarim himoyachisi Artur Ramos "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final o'yini paytida jinoyatchilar qurboniga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'yin paytida futbolchining uyiga o'g'rilar kirishgan. Jinoyatchilar Artur stadionda bo'lishini bilan o'g'irlikka tushishgan, ammo kutilmaganda uning singlisiga to'g'ri kelishdi. Qiz o'g'rilarga halaqit qilishga urindi, ammo unga tahdid qilishdi. Voqeada Arturning soati o'g'irlangan, uning singlisi jarohatlanmadi.

Bungacha futbol uchrashuvlari paytida Esekel Garay, Erik Shupo-Moting, Dani Alves, Kevin-Prins Boateng va boshqalar uyiga o'g'ri tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS