"Liverpul"ga 60 mln evrolik futbolchi taklif qilindi

Alisher
30 mar 2024, 20:29
"Liverpul" mudofaa markazida Joel Matipning o'rnini bosa oladigan futbolchi izlamoqda.

Kamerunlikning shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan va 32 yoshli o'yinchi katta ehtimol bilan yozda klubdan ketadi.

"Liverpul"ga "Sporting"dan Gonsalu Inasiu taklif qilindi. Mersisayd klubi anchadan beri 22 yoshli portugaliyalik futbolchini kuzatmoqda.

Inasiuning "Sporting" bilan bitimida 60 million evrolik tovon puli ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: SportsZone