"Liverpul" Veynaldumning o'rniga kimni olib kelishi mumkin?

Sherzod Nurmatov
28 mar 2021, 01:58
"Liverpul" Jorjino Veynaldum o'rniga yangi yarim himoyachi axtarishni boshladi.

"Daily Mail" ma'lumotiga qaraganda, mersisaydliklar short-listiga Aaron Remzi ("Yuventus"), Iv Bisssuma ("Brayton") va Ussam Auar ("Lion") kiritilgan. 

Qayd etilishicha, Remzi varianti futbolchining katta maoshi va uning jarohatga moyil ekani sababli amalga oshishi qiyin. Bissuma bilan shartnoma imzolash uchun "Arsenal" va "Lester" bilan raqobatda g'olib bo'lish lozim. Auarning transferi esa 75 million evroga baholanyapti.  

Eslatib o'tamiz, Veynaldumning "Liverpul" bilan shartnomasi shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail