"Liverpul" Sebastyan Jovinkoni sotib olishga urinadi

19 fev 2014, 14:28
"Yuventus" futbolchisi Sebastyan Jovinko "Liverpul"ni jiddiy tarzda qiziqtirib qo'ydi, deya xabar bermoqda footballdirectnews.com portali.
Hujumchining o'zi ushbu mavsum yakunlangach, "Keksa sinora" safini tark etishga qaror qilgan. "Qizillar" turinliklar bilan kelishib olish uchun juda yaxshi taklif hozirlab qo'yishdi.


Eslatib o'tish kerakki, ko'plab jamoalar qishgi transfer mavsumi davomida Sebstyanga qiziqib ko'rishdi. Biroq Jovinko bo'yicha kelgan takliflardagi narxlar "Yuve"ni qoniqtirmadi.


Manba: football.kulichki.ru