"Liverpul" Roberto Firmino uchun 41 mln. evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2015, 18:45
"Xoffenxaym"dan "Liverpul"ga o'tgan Roberto Firmino "qizillar"ga 41 mln. evroga tushdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu transfer Bundesliga tarixidagi eng qimmat kelishuvga aylandi. Futbolchi "Liverpul"da tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng, bitim imzolanadi.

Bundesliga tarixidagi eng qimmat transferlar:

1. Roberto Firmino (Xoffenxaymdan Liverpulga) – € 41 mln 

2. Xavi Martines (Atletikdan Bavariyuga) – € 40 mln

3. Edin Djeko (Volfsburgdan Manchester Sitiga) – € 37,5 mln

4. Mario Getce (Borussiyadan Bavariyuga) – € 37 mln

5. Andre Shyurrle (Chelsidan Volfsburgga) – € 32 mln.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com